Bugun, Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat “Vatanparvar” tashkiloti hamkorligida viloyat hududidagi "Oilaviy bolalar uyi" tarbiyalanuvchilari uchun havoli quroldan otish bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Tadbir davomida, bolajonlar o‘zlarining merganlik qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazish bilan birga ushbu sport turiga bo‘lgan qiziqishlari ham ortdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.