Muruvvat va saxovat yurtimizda azal-azaldan yuksak qadriyat hisoblangan. Yordamga muhtoj kishilarga ijtimoiy ko‘maklashish, ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash va og‘irini yengil qilish qon-qonimizga singib ketgan ezgu anʼanalarimizdandir. Ayni kunlarda, ushbu yo‘nalishdagi ezgu ishlarga barcha birdek faol ishtirok etmoqda
Jumladan, yangi yil bayrami arafasida Termiz shahrida istiqomat qiluvchi 24 nafar ota ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni moddiy va maʼnaviy qo‘llab-quvvatlash hamda ularga quvonch ulashish maqsadida Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan bayram tadbirlari tashkil etilib, sovg‘alar topshirildi.