Milliy gvardiya Samaqand viloyati bo`yicha boshqarmasi va Pushkin nomidagi axborot kutubxona markazi bilan hamkorlikda harbiy xizmatchilarning farzandlari ishtirokida "Hilpirayver muqaddas bayroq" shiori ostida tadbir o'tkazildi. Tadbirda harbiy xizmatchilarning farzandlari o'zlarining sherlari va qiziqarli ma'lumotlari bilan faol ishtirok etishdi. Ushbu tadbir, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni milliy qadriyatlar va ota-onalarning xizmatlariga hurmat ko'rsatish maqsadida o'tkazildi. Farzandlar o'z she'rlari, hikoyalari va ijodiy ishlari bilan tadbirni yanada qizg'in va mazmunli o'tkazishga o'z hissa qo'shdilar. Bu kabi tadbirlar, yosh avlodni o'z davlatiga bo'lgan muhabbatini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.