Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan yozgi oromgohlarda dam olayotgan bolalar va harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun qator qiziqarli va mazmunli tadbirlar uyushtirildi.
Dastur doirasida o‘tkazilgan psixologik treninglar yoshlarda o‘ziga ishonchni oshirish, ijtimoiy faollikni rivojlantirish hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratildi. Shuningdek, turli interaktiv o‘yinlar va jamoaviy mashg‘ulotlar oromgoh ishtirokchilari uchun maroqli dam olish, ijobiy taassurotlar va esda qolarli onlar ulashdi.
Mazkur tashabbuslar yosh avlodning ma’naviy-ma’rifiy kamolotiga xizmat qilib, ularning har tomonlama barkamol shaxs bo‘lib ulg‘ayishiga zamin yaratmoqda.