Milliy gvardiya Xorazm viloyati boʻyicha boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari podpolkovnik X.Qurbonov hamda podpolkovnik U.Avezov va Urganch harbiy prokuraturasi katta tergovchisi A.Alimqulovlar ishtirokida Urganch shahriga joylashgan 16-sonli maktabning bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" bo’lib oʻtdi. Uchrashuvda yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga kerakli javoblar olishdi. Yigʻilish koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi.