O‘tgan dam olish kunlari Milliy gvardiya tomonidan Toshkent shahrining Uchtepa tumanida joylashgan oilaviy turar-joy majmuasida yashovchi 7 ta oila farzandlari uchun qiziqarli tadbirlar tashkil etildi. Bolalar arqon tortish bo‘yicha bellashishdi, stol tennisi o‘ynashdi. Ular ishtiyoq bilan epchillik va tezlikni namoyish etib, estafetalarda qatnashdilar, shuningdek, zavq bilan qo‘shiq kuylab raqsga tushdilar. Kamondan otish bo‘yicha mahorat darslari bolalarga juda manzur bo‘ldi. Bundan tashqari, gvardiyachilar bolalarga kamon bilan qanday ishlash kerak ekanini tushuntirishgach, ko‘plab bolajonlar birinchi darsning o‘zidanoq nishonga urishga muvaffaq bo‘lishdi. Sarlavhada bejiz Chex yozuvchisi Yuliy Fuchikning mashhur iborasini o‘z ichiga olmaydi: darhaqiqat, bolalar kattalar dunyosi – bizning dunyomizni aks ettiradigan o‘yinlarni o‘ynashadi. Bu huddi shifokorlar oilasida bolalar shifokor o‘yinlarini, musiqachilar oilasida esa bolalar kichikligidan musiqaga ishtiyoqmand bo‘ladilar. Shu singari oilaviy uylarida bolalarga ham hammasi qiziq, sport, musiqa, kitoblar, shaxmat va shashka, yaʼni ota-onalar va gvardiyachilar o‘rgatadigan barcha o‘yinlar.