O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Respublika ishchi guruhi tomonidan Toshkent viloyatidagi maktablardagi taʼlim-tarbiya va davomat yo‘nalishidagi ustuvor vazifalar yuzasidan viloyat hokimligi, maktab va maktabgacha taʼlim boshqarmalari bilan hamkorlikda o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Tumanlar kesimida maktablarda sababsiz dars qoldirayotgan o‘quvchilarning darslarga kelmaslik sabablari, o‘quvchilar orasida huquqbuzarliklarni oldini olish va yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida to‘garaklar faoliyati o‘rganilmoqda. Mazkur vazifalarga maʼsul bo‘lgan Milliy gvardiya inspektor-psixologlari va maktab amaliyotchi psixologlari uchun “O‘quvchi yoshlar bilan ishlash jarayonlarini yana-da takomillashtirish” mavzusida o‘quv - amaliy seminarlari o‘tkazilib, amaliyotda o‘quvchilarni psixologik qo‘llab quvvatlash borasidagi ko‘nikmalari oshirilmoqda.