Yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ular orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish maqsadida Milliy gvardiya Buxoro viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamkorligida talaba yoshlar hamda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari ishtirokida voleybol sport turi boʻyicha oʻrtoqlik uchrashuvi tashkil etildi.
Musobaqa davomida yoshlar arqon tortish, stol tennisi hamda shaxmat sport turi boʻyicha ham oʻzlarining mahoratlarini sinovdan oʻtkazdilar.
Tadbir yakunida, gʻoliblarga tashkilotchilarning diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Shu bilan birga, yoshlar oʻrtasida harbiy-vatanparvarlik hamda sport tadbirlarini targʻib qilishda Milliy gvardiya Buxoro viloyati boʻyicha boshqarmasiga yaqindan yordam berib kelayotgan institut masʼullariga, Milliy gvardiya boshqarmasi boshligʻining tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari topshirildi.