Milliy gvardiya Namangan viloyati boshqarmasi va Norin tumani hokimligi masʼullari bilan birgalikda tumandagi Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilarini har tomonlama ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bolajonlarga yangi yil kayfiyatini ulashish maqsadida televizor va bayram sovg‘alari topshirildi. Bolajonlar mehmonlarga o‘zlari yod olgan sheʼrlarni aytib berishdi. Qorbobo tomonidan berilgan yangi yil sovg‘alari bolajonlarga olam-olam quvonch ulashdi.