Oʻzbekiston tuman hokimligi, Milliy gvardiya Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi Oʻzbekiston tumani Bolalar bilan ishlash boʻlimi, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi hamda Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi hamkorlikda Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi Qo‘qon shahrida joylashgan harbiy qismga tashrif buyurishdi.
Tadbir ishtirokchilari harbiy xizmatchilarning hayoti, harbiy texnikalar, kinologiyasi, ot sporti, tog‘ tayyorgarligi mashg‘ulotlari bilan yaqindan tanishdi. Yoshlar aqliy va jismoniy salohiyat kasb etadigan harbiylik kasbining naqadar sharafli ekanligini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, o‘zlarida ham vatanparvarlik tuyg‘ulari mujassam ekanligini yashirib o‘tirishmadi.
Shuningdek, yoshlar harbiy qismda harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. Tadbir davomida, anjom-aslahalar, qurol-yarog‘lar va harbiy texnikalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.