O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga bayram tabrigi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi / / Milliy gvardiya inspektor-psixologlari uchun tashkil etilgan o‘quv-seminari yakunlandi / / Andijon shahridagi 2-son Ixtisoslashtirilgan maktab internatida sportning kamondan o‘tish turi bo‘yicha mahorat darslari hamda bellashuvlar o‘tkazildi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi // “Mehribonlik” uylari bitiruvchilari va Oilaviy uylar farzandlarining talabalar turar joylaridagi yashash sharoitlari o‘rganildi / / Yosh sportchilar xalqaro musobaqada ishtirok etishdi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik dan o‘tkazildi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi / / Milliy gvardiya va maktab hamkorligi  / / Maktablarda faoliyat olib borayotgan xodimlar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi / / Shofirkon tumanida navbatdagi vatanparvarlik tadbiri o'tkazildi / / Milliy gvardiya Bolalar psixologiyasi markazi 2 yoshda! / / Xiva shahridagi Ichan qalʼa tarixiy obidasida otaliqqa olingan yoshlar uchun vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi / / Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni kasbga yo‘naltirish, yoshlarda ertangi kunga bo‘lgan ishonch tuygʻularini yanada shakllantirish maqsadida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi / / Oʻzbekistonda bolalar va oʻsmirlar vaziyatining tahlili bo’yicha hisobot taqdimoti // Tahlil sogʻliqni saqlash va taʼlim xizmatlaridan adolatli foydalanish boʻyicha sezilarli yutuqlarni, shuningdek, bolalarni himoya qilish borasida qonunchilikdagi mislsiz oʻzgarishlarni koʻrsatadi / / 2021-yil 9-avgustdan 2024-yil 8-oktabr holatiga koʻra «SOS Oʻzbekiston Bolalar Mahallalari» Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchasi va Oilaviy bolalar uylarida 2880 nafar bola (qarindoshlar, doʻstlar, vasiylik va homiylik ostida) tarbiyalanmoqda / / Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan maktab o‘quvchilari va mahalliy yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi / / Maktablarda o‘quvchi-yoshlar bilan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda / / Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi hamda Nukus harbiy prokuraturasi hamkorligida Oilaviy uylarining farzandlari va ularning sinfdoshlari uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi / / Bayramingiz muborak, aziz ustozlar! / / Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari mustaqil hayotga tayyorlanmoqda 

YUNISEF va hukumat vakillari ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hamda O‘zbekistonda bolalarga g‘amxo‘rlik qilish tizimini isloh qilish bo‘yicha kelgusi rejalarni muhokama qildilar

18.11.2021 1752

Joriy yil 17 noyabr kuni poytaxtimizda YUNISEF va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati hamkorligida ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoki mahrum bo‘lish xavfi ostida bo‘lgan bolalarning hozirgi ahvoli hamda mamlakatimizda bolalarga g‘amxo‘rlik qilish tizimini isloh qilish borasidagi kelgusi rejalar bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari D.Tashmuxamedova moderatorligida tashkil etilib,  unda YUNISEFning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Afshan Xan, YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari M.Mamedzoda, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev, shuningdek Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili A.Yunusova, SOS O‘zbekiston Bolalar mahallari uyushmasi direktori G.Abidova, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari G.Maʼrupova, Xalq taʼlimi vaziri o‘rinbosari
R. Karimjonov, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi direktori V.Alimova, hamda Milliy gvardiya va boshqa masʼul tashkilot mutasaddilari ishtirok etdilar.

Tadbir ochiq muloqot tarzida davom etib, so‘z olganlar tomonidan deinstitualizatsiya bo‘yicha oldinga qadam tashlash yo‘llari, jumladan, muvofiqlashtirishni kuchaytirish, huquqiy meʼyoriy bazani mustahkamlash, mutaxassislar salohiyatini oshirish hamda zaif bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash uchun hamjamiyatga asoslangan xizmatlarni tashkil etish masalalari  yuzasidan fikrlar bildirildi.

Mavzu doirasida, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev  yurtboshimizning yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan  Qaroriga muvofiq, joriy yilning avgust-oktyabr oylarida amalga oshirilgan ishlar va tubdan yangilangan tizimning samarali natijalari bo‘yicha batafsil maʼlumot berdi.

O‘z navbatida, YUNISEF tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Afshan Xan - “O‘zbekiston davlatini bolalarni deinstitualizatsiyalash borasida olgan qatʼiy majburiyati uchun qutlab, islohotlarning davomiy va samarali bo‘lishi uchun bolalarni, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa guruhlarni qamrab olgan yirik muassasalarni bosqichma-bosqich yopishni davom ettirish juda muhimligini alohida taʼkidlab o‘tdi.   

Moderator Dilorom Tashmuxamedova O‘zbekistonda deinstitualizatsiya bo‘yicha qatʼiy siyosatni shakllantirishda muvaffaqiyatga erishilganligini mamnuniyat bilan tilga olib, bu boradagi ishlar davlatimiz rahbarining belgilab bergan aniq va maqsadli vazifalari asosida  tizimli ravishda davom ettirilishiga ishonch bildirdi.