Oldin xabar berganimizdek, joriy yilning 4-18 fevral kunlari Buxoro viloyatida voyaga yetmagan bolalarni vasiylik, homiylik va patronatga olgan va olish istagini bildirgan ota-onalarga zarur hayotiy bilimlar berish maqsadida oʻquv-kurslari tashkil etilgan edi.
Oʻquv kurslari yakunida voyaga yetmagan bolalar bilan ishlashda yangi psixologik metodlardan foydalanish, bolalar oʻrtasida turli koʻngilsiz holatlar yuzaga kelishini oldini olish yuzasidan ota-onalarning egallagan bilimlari sinovdan oʻtkazildi.
Imtihondan muvaffaqiyatli o`tgan ishtirokchilar sertifikatlarga ega bo`ldi.