Navoiy viloyati Karmana tumanida yashovchi Sultonovlar oilasi farzandlari uchun "Ishga marhamat" monomarkazi bilan hamkorlikda to‘garak tashkil etilib, o‘g‘il-qizlar oshpazlik va pazandachilik kabi hunarlarni puxta oʻrganishni boshladi.
Dastlabki mashg‘ulotlarda yoshlar 8-martga yaqinlarini xursand qilish uchun "Napoleon" tortini, Navro‘z bayrami yaqinlashayotganligi bois, milliy taomlarni tayyorlashni o‘rganishdi.
Oʻsmirlar har bir inson oʻzi va oilasi uchun mazali taomlar tayyorlashga qodir boʻlishi kerak deb hisoblashadi.
Hali kim qaysi kasbni tanlashini vaqt koʻrsata. Kimdir oshpazlik kasbini tanlab, oʻzining restoranini ochishni va "Mishel"yulduziga ega boʻlishni xohlashi mumkin. Bunda albatta ularga oʻrganilgan koʻnikmalar juda asqotadi.