Bolalarga g‘amxo‘rlik qilish, ularning ijtimoiy himoyasini taʼminlash, salomatligini yaxshilashga alohida eʼtibor qaratish doim Hukumat eʼtiboridagi eng muhim yo‘nalishlardan hisoblanadi. Ehtiyojmand bolalarni qo‘llab quvvatlash, ularning holidan xabar olish, jamiyatga moslashishlariga ko‘maklashish millatimizga xos ezgu qadriyatlarning yorqin namunasi deyish mumkin.
Kuni kecha ana shu ezgu tashabbus, xayrli anʼana Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyat bo‘yicha boshqarmasi rahbariyati tomonidan davom ettirilib, masʼullar Kitob tumanida faoliyat olib borayotgan bolalar uyi tarbiyalanuvchilari holidan xabar oldilar.
Bolalar uchun turli o‘yinchoqlar, kuz-qish mavsumi uchun kiyim boshlar hadya qilindi. Kichkintoylar bilan suhbatlashilib, ularning orzu-umidlari, maqsadlari tinglandi.