Mehr-muruvvat hamma zamonlarda ulug‘langan. Inson ko‘p narsadan to‘yishi mumkin, faqat mehr va insoniylikdan emas. Ayniqsa, Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga mehr ulashish savob amallarning eng afzallaridan biri hisoblanadi.
Shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan islohotli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Marg‘ilon shahridagi 1-sonli Mehribonlik uyi bitiruvchisi Nazirov Avazbek viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi xizmatchisi lavozimiga tayinlanib, öz ish faoliyatini boshladi.
Qoʻriqlash boshqarmasi mas’ul rahbarlari Avazbekka ishonch bildirib, kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tiladi