Oʻsib kelayotgan yosh avlodni bilimli, iqtidorli qilib tarbiyalash, ayniqsa,kasb-hunarga yoʻnaltirish ertangi kunga poydevor qoʻyish demakdir.
Bugungi kunimizning dolzarb vazifalaridan biri boʻlgan ushbu jarayonda Oilaviy bolalar uylari farzandlari ham faol ishtirok etib kelmoqda. Kuni kecha Termiz shahridagi 1- va 2-sonli Oilaviy bolalar uylari oʻgʻil-qizlarini kasb-hunarga oʻrgatish va qiziqishlarini oshirishga koʻmaklashish maqsadida Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi bosh mutaxassisi bilan hamkorlikda Angor tumanida tashkil etilgan “Mono markaz”ga sayohat tashkil etildi.
Tashrif davomida ishtirokchilar turli yoʻnalishlarda kasb sirlari boʻyicha mutaxassislardan atroflicha maʼlumotlarga ega boʻlishdi.