Oʻquvchilarda erkin, tanqidiy va kreativ fikrlash, jamoada ishlash va muloqot koʻnikmalarini shakllantirish shuningdek, ularni oliy bilim yurtlariga tayyorlash maqsadida Navoiy viloyati Karmana tumanidagi Oilaviy bolalar uyi farzandlarini uchun chet tili fani boʻyicha mashgʻulotlar tashkil etildi.
Ma`lumot o`rnida: Milliy gvardiya Navoiy viloyati boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi katta leytenant G. Xushvaqtova Jahon tillari institutini qizil diplomga tamomlab, oʻz faoliyatini Milliy gvardiya boʻlinmalarida davom ettirmoqda. Hozirda Gulira`no egallagan bilimlarini yoshlarimizga ham o`rgatib kelmoqda.