Sirdaryo viloyati hokimligi bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati va viloyat hokimligi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat shoʻbasi hamkorligida Yoshlar markazi binosida davra suhbati tashkil etildi.
Milliy gvardiyaning viloyat bo‘yicha boshqarmasi vakillari, tuman va shahar hokimliklari, Bolalarni himoya qilish shoʻbasi xodimlari ishtirok etgan davra suhbatida voyaga yetmaganlar manfaati himoyasida korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, unga qarshi keskin kurashish, mas’uliyatsizlik, ta’magirlik va manfaatlar to‘qnashuviga hamda huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik kabi masalalar muhokama qilindi.