Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Chirchiq harbiy prokuraturasi hamkorligida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi / / “Oila-mahalla-maktab” tizimi amalda  / / “Xavfsiz maktab” konsepsiyasini joriy etishga eʼtibor qaratilmoqda / / “Maktab-oila-mahalla” zanjirini mustahkamlash borasidagi ishlar / / Maxsus reportaj : Voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi yanada takomillashtirilmoqda / / Oilaviy bolalar uylari faoliyati, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ichki kechinmalari bilan tanishishingiz mumkin / / Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi nishonlandi / / Termiz tumanidagi 16-sonli maktabda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi / / «Turon yo‘lbarslari» harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasi / / O‘quvchi yoshlar o‘rtasida “Xalq bilan armiya - bir tanu, bir jon” shiori ostida harbiy vatanparvarlik sport musobaqasi o‘tkazildi / / Milliy gvardiya xodimlari hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorlikda Jizzax va Sirdaryo shahridagi Oilaviy uylar faoliyati ko‘zdan kechirildi / / Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazildi / / Farg‘ona shahridagi 11-sonli umumtaʼlim maktabida "Navoiyxonlik kechasi" bo‘lib o‘tdi / / Harbiy qismda "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi inspektor-psixologlari hamda prokuratura masʼullari hamkorligida Sariosiyo tumanidagi 2-sonli umumtaʼlim maktabida “Mening maktabimda jinoyat bo‘lmaydi!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi / / Jizzax shahridagi 31-sonli maktabda "Men vatanparvarman" shiori ostida tadbir o‘tkazildi / / “Farzandim jigarbandim” ko’rsatuvining 107-soni 58-sonli umumta’lim maktabidan tayyorlandi / / Inspektor-psixologlar uchun o‘quv seminari / / Milliy gvardiya Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasida maktab oʻquvchi yoshlari va harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun vatanparvarlik tadbiri tashkillashtirildi / / Maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlari oʻtkazildi / / Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan Fargʻona shahridagi 1-sonli alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar maktabida kamondan otish boʻyicha maxsus mahorat darslari tashkil etildi / / Yoshlar uchun vatanparvarlik tadbirlari oʻtkazilmoqda / / "Vatan tayanchi" sardorlari uchun oʻquv-seminari tashkil etildi / / Maktablarda giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda / / Harbiy qismda "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri hamda "Uch avlod uchrashuvi" oʻtkazildi 

Yopiq “Mehribonlik” uylarining binolari va hududini kim egallaydi? Barchasi faqat bolalar manfaatlari uchun qo‘llaniladi.

23.8.2022 3023

Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda Toshkentdagi 21-sonli “Mehribonlik” uyi yopilishi haqidagi xabarga qoldirilgan izohlarda foydalanuvchilar hududning obodonlashtirishga berilishidan xavotir bildirishmoqda.

Biz rasman eʼlon qilamizki, bunday qo‘rquvlar asossiz va mehribonlik uylari o‘rnida savdo obyektlari qurilishi haqidagi taxminlar tubdan noto‘g‘ri.

21-sonli “Mehribonlik” uyi binosi va hududi O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi balansida qoladi. Bu yerda bolalar muassasasi ham bo‘ladi. Uning turi va maqomi endilikda Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi. Bu yaqin kunlarda maʼlum bo‘ladi.

Ilgari yopilgan barcha taʼlim-tarbiya muassasalari O‘zbekiston Xalq taʼlimi vazirligi balansida qoladi va ulardan faqat bolalar manfaatlarini ko‘zlab foydalaniladi.

Shu tariqa, avvalroq respublikada 13 ta “Mehribonlik” uyi, 4 ta bolalar shaharchasi va 2 ta “Mehribonlik” uyi ("Bolalar uyi") yopilgan edi.

Ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar ilgari “Mehribonlik” uylariga qarashli bo‘lgan 6 ta obyektda joylashgan. Qo‘qon shahridagi sobiq 12-sonli “Mehribonlik” uyi binosida ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyat ko‘rsatmoqda. Marg‘ilon shahrida 1-sonli “Mehribonlik” uyi o‘rnida eshitish qobiliyati past va kar bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati foydalanishga topshirildi. Qolgan 4 ta “Mehribonlik” uyida, shuningdek, Andijon viloyatidagi bolalar shaharchasida qanday bolalar muassasalari ochilishi bo‘yicha qarorlar qabul qilinmoqda.

4 ta yopiq bolalar shaharchasidan 2 tasida ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari ham tashkil etiladi. Navoiy viloyatidagi bolalar shaharchasida esa Prezident maktabining filiali ochiladi.

Ilgari “Mehribonlik” uylari (“Bolalar uyi”) joylashgan binolar ham bolalar ehtiyojlari uchun topshirildi; Guliston shahrida uning o‘rnida imkoniyati cheklangan bolalar uchun tibbiy reabilitatsiya markazi ochildi; Farg‘ona shahrida – Bolalar davolash-reabilitatsiya markazi ish boshladi.

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu