Oilaviy bolalar uyi farzandlarini kasb-hunarga o‘rgatish, ularni kelajakda mustaqil hayotga tayyorlash hamda bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishga qaratilgan maqsadli tadbirlar davom etmoqda.
Jumladan, Farg‘ona tumanida joylashgan "Kelajak va baxt" va "Muqaddas rishtalar" nomli Oilaviy bolalar uyida yoshlarimiz uchun o‘zlari qiziqqan xotin-qizlar sartaroshligi, Karving sanʼati, pazandachilik kabi yo‘nalishlarda to‘garaklar o‘z faoliyatini olib bormoqda. shuningdek, orasta va epchil qizlarimizga mashg‘ulot rahbarlari hamda onalari bilim va malakalaridan foydalangan holda har kuni turli xil shirinliklar pishirishni, bir-biridan mazali bo‘lgan milliy taomlarimizni tayyorlashlarni o‘rgatib kelmoqda.