Farg‘ona tumanida joylashgan "Valiyevlar oilaviy bolalar uyi"da Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan viloyat Kamondan otish bo‘limi bilan hamkorlikda tarbiyalanuvchilarning sportning "Kamondan otish" turiga qiziqishlarini oshirish va ularning bo‘sh vaqtini maroqli o‘tkazish maqsadida mahorat darslari o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida barcha ishtirokchilarga mazkur sport turi to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar berilib, shu bilan bir qatorda, har bir o‘g‘il-qiz kamondan o‘q uzish imkoniyatiga ham ega bo‘lishdi.