Oromgoh -bu vaqtni xursandchilikda o‘tkazish, ko‘rik-tanlovlar hamda yangi do‘stlar demakdir. Toshkent shahridagi 22-sonli “Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan guruh – 115 nafar yigit va qizlar ularni Bo‘stonliq tumanidagi “Mehribon” yozgi oromgohiga otlanib, avtobus atrofida yig‘ilishgani, oromgoh tomon yo‘l hamda bolalarni oromgohda qanday kutib olishgani tasvirlangan fotolavhalar bilan bo‘lishdilar. Shu bilan birga, kelgusida dam olish jarayonlari bilan bog‘liq rasmlarni jo‘natishga ham vaʼda berishdi.