Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo`yicha boshqarmasi tashabbusi bilan Oilaviy bolalar uyi farzandlari, shuningdek, harbiy xizmatchi va xodimlarning o`g`il-qizlari uchun tabiat qo`yniga ekskursiya tashkil etildi.
Sitоrаi Mоhi Хоssа saroyi va Buxoro amirining qarorgohi haqidagi hikoyalar bolajonlarda katta taassurot qoldirdi.
Shuningdek, o`g`il-qizlar Romitan tumanidagi "Broadway city" bog‘iga tashrif buyurishdi. Sayohat davomida bolalar yosh sozandalarning taronalarini tinglab, xalq amaliy san'ati an'analarini qo‘llab-quvvatlovchi zamonaviy hunarmandlarning ijod namunalari bilan tanishdilar.
Bolajonlar ularning sevimli bayramlari ko'pligi, ammo 1-iyunni intizorlik bilan kutishlarini e`tirof etishdi.