O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga bayram tabrigi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi / / Milliy gvardiya inspektor-psixologlari uchun tashkil etilgan o‘quv-seminari yakunlandi / / Andijon shahridagi 2-son Ixtisoslashtirilgan maktab internatida sportning kamondan o‘tish turi bo‘yicha mahorat darslari hamda bellashuvlar o‘tkazildi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi // “Mehribonlik” uylari bitiruvchilari va Oilaviy uylar farzandlarining talabalar turar joylaridagi yashash sharoitlari o‘rganildi / / Yosh sportchilar xalqaro musobaqada ishtirok etishdi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik dan o‘tkazildi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi / / Milliy gvardiya va maktab hamkorligi  / / Maktablarda faoliyat olib borayotgan xodimlar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi / / Shofirkon tumanida navbatdagi vatanparvarlik tadbiri o'tkazildi / / Milliy gvardiya Bolalar psixologiyasi markazi 2 yoshda! / / Xiva shahridagi Ichan qalʼa tarixiy obidasida otaliqqa olingan yoshlar uchun vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi / / Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni kasbga yo‘naltirish, yoshlarda ertangi kunga bo‘lgan ishonch tuygʻularini yanada shakllantirish maqsadida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi / / Oʻzbekistonda bolalar va oʻsmirlar vaziyatining tahlili bo’yicha hisobot taqdimoti // Tahlil sogʻliqni saqlash va taʼlim xizmatlaridan adolatli foydalanish boʻyicha sezilarli yutuqlarni, shuningdek, bolalarni himoya qilish borasida qonunchilikdagi mislsiz oʻzgarishlarni koʻrsatadi / / 2021-yil 9-avgustdan 2024-yil 8-oktabr holatiga koʻra «SOS Oʻzbekiston Bolalar Mahallalari» Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchasi va Oilaviy bolalar uylarida 2880 nafar bola (qarindoshlar, doʻstlar, vasiylik va homiylik ostida) tarbiyalanmoqda / / Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan maktab o‘quvchilari va mahalliy yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi / / Maktablarda o‘quvchi-yoshlar bilan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda / / Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi hamda Nukus harbiy prokuraturasi hamkorligida Oilaviy uylarining farzandlari va ularning sinfdoshlari uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi / / Bayramingiz muborak, aziz ustozlar! / / Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari mustaqil hayotga tayyorlanmoqda 

LUKOIL kompaniyasi bilan bolalar bayrami

2.6.2022 622

Bolalarni himoya qilish kunida LUKOIL Uzbekistan Operating Company MChJ ko‘magida “Xalqlar do‘stligi” katta konsert maydonida “Mening baxtli bolaligim” nomli bayram konserti bo‘lib o‘tdi. Konsert minglab yosh tomoshabinlarga cheksiz quvonch va zavq baxsh etdi.

Biz barchamiz inson hayotining eng yorqin va beg‘ubor davri — bolalikni boshdan kechirganmiz. 1-iyun butun dunyoda nishonlanadigan Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni biz kattalarga vazifamiz har bir bolani baxtli qilish, unga xursandchilik berish ekanini eslatib turadi. Bu kun jamiyatga ham bola huquqlarini himoya qilish, bolalarning o‘qishi, rivojlanishi va kelajakda ajoyib ota-ona va o‘z mamlakatining faol fuqarosi bo‘lib yetishishi uchun barcha sharoitlarni yaratish zarurligini eslatib turadi.

Ushbu bayram bolalarga g‘amxo‘rlik qilish va mehr ko‘rsatishda ishtirok etishning o‘ziga xos kuniga aylandi. Ushbu xayrli ishga LUKOIL O‘zbekiston kompaniyasi ham katta hissa qo‘shmoqda. LUKOIL kompaniyasi xayriya loyihalarining aksariyati bolalar loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Jismoniy jihatdan imkoniyati cheklangan bolalar, mehribonlik uylarining tarbiyalanuvchilari va kam ta’minlangan oilalar farzandlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

LUKOIL kompaniyasi o‘z ishlab chiqarish faoliyati yo‘lga qo‘yilgan mintaqalar — Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida mehribonlik uylarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muntazam ravishda tadbirlar o‘tkazib keladi. Xususan, uzoq yillar davomida 10 ta internatda yil bo‘yi ichimlik suvi yetkazib berish moliyalashtirilgan, Qarshidagi 18-sonli ko‘zi yaxshi ko‘rmaydigan bolalar uchun mo‘ljallangan internatda yashash va o‘qish binolarida ta’mirlash va jihozlash ishlari olib borildi. Kompaniya Qarshi va Buxoro shaharlaridagi ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarga Brayl yozuvi bo‘yicha kitoblar va yozuv jihozlarini taqdim etdi. Bundan tashqari, har yili Buxoro, Qarshi, Toshkent shaharlari va Toshkent viloyatidagi 2000 dan ortiq bolalar LUKOIL kompaniyasidan bayram sovg‘alarini olishadi.

LUKOIL kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonda madaniyat, ta’lim, sport va tibbiyotni rivojlantirish loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga ajratilgan xayriya mablag‘larining umumiy miqdori 25 million dollardan oshib ketdi.

LUKOIL kompaniyasi homiyligida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan ketma-ket ikkinchi yil o‘tkazilgan “Mening baxtli bolaligim” deb nomlangan bayram konserti O‘zbekiston bolalari uchun yorqin voqea bo‘ldi. Xalqlar do‘stligi saroyi maydonidagi ochiq osmon ostidagi konsert o‘n mingga yaqin odamni yig‘di. Yorqin va unutilmas bayramga Toshkent shahridagi mehribonlik uylari bolalari va maktab-internat tarbiyalanuvchilari taklif etildi.

Konsert dasturi turli musiqiy tanlov va tomoshalarning yosh ishtirokchilari, o‘zbek operasi va estradasi yulduzlari, yosh doirachilar ansambli, sirk artistlari va “Katta qo‘g‘irchoqlar” teatri aktyorlarining rang-barang chiqishlariga boy bo‘ldi. Rus va koreys madaniyat markazlarining kichik artistlari tomoshabinlarni o‘z iste’dodlari bilan hayratda qoldirishdi. Yosh iste’dodlar o‘z tengdoshlari va kattalar uchun haqiqiy bayram yaratishdi.

Har bir chiqish raqs va qo‘shiqlar, teatr tomoshalari gulduros qarsaklar bilan olqishlandi. Bayram tiniq osmonga havo sharlari uchirilishi bilan yakunlandi, ushbu sharlar bilan yer yuzidagi barcha bolalarga tinchlik va ezgulik tilaklari uchib ketdi.

Bolalarni himoya qilish kuni — bu yoz faslining boshlanishi, bolalar uchun uzoq kutilgan ta’til, iliqlik va quvonch ulashiladigan vaqt bilan belgilanadi. Bolalarning orzulari o‘sib kelayotgan yosh avlod kelajagi uchun mas’ul bo‘lgan kattalarning mehri va g‘amxo‘rligi bayrog‘i ostida ro‘yobga chiqadi.