Oltinko'l tumanida joylashgan maktab o‘quvchilari uchun Milliy gvardiya Andijon viloyati bo'yicha boshqarmasida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi. Tadbir davomida oʻquvchilarning eʼtiboriga harbiy xizmatchilar yotoqxonasi, o‘z kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish uchun yaratilgan sharoitlar hamda qurol-aslaxa, maxsus transport vositalari bilan yaqindan tanishdilar.
Bu kabi tadbirlar yoshlarning qalbida vatanparvarlik tuygʻularini yanada oshirishga hamda yurt uchun daxldorlik hissi tobora shakllanishiga xizmat qiladi.