Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi mutaxassis psixologlari tomonidan viloyatdagi oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari tahsil olayotgan ilm dargohlariga tashrif buyurishdi.
Mutaxassis psixologlar bolalarni o‘qishga bo‘lgan munosabatlari, ularning fikrlash doiralari va fanlar bo‘yicha savol-javob jarayonlarini amalga oshirdilar.
Tashrif davomida sinflarda ichki tartib intizom, davomat masalalariga aloxida etibor qaratildi. Bolajonlarning sinf rahbarlari, yaqin o‘rtoqlari bilan indiviual tarzda suhbatlashilib, ularning fikrlari tinglandi. O‘rganishlar davomidagi xulosa o‘rnida shuni aytib o‘tish joizki, ushbu farzandlar bugungi kunda taʼlim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, barchasi taʼlim dargohlariga moslashgan. Ularning o‘qishga bo‘lgan munosabatlari tizimli ravishda davom etmoqda.