Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi inspektor-psixologlari tomonidan "Payshanba — huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida bir qator profilaktik tadbirlar amalga oshirilib, o‘quvchilarning yonida maktab hududida olib yurish taqiqlangan noqonuniy buyumlar mavjudligi aniqlandi. Barcha holatlar yuzasidan, o‘quvchilarning ota-onalari bilan tushuntirish ishlari olib borilib, maʼmuriy javobgarlik choralari qo‘llanildi.