"Maʼnaviyat oiladan boshlanadi" mavzusidagi maʼrifat oyligini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining ijrosini taʼminlash maqsadida viloyatimizda "Oilalarga maʼrifat ulashib" kitob aksiyasi o‘tkazilmoqda!
Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat bo‘limi, shahar va tuman hokimliklari bilan hamkorlikda viloyatdagi Xakimov, Karimqulov hamda Zokirovlar oilalariga eng sara bolalar va jahon adabiyoti hamda badiiy va ilmiy adabiyotlar to‘plamidan iborat kitoblar jamlanmalari sovg‘a qilindi.
Taqdim qilingan barcha kitoblar bolajonlarning bilimi va dunyoqarashini yana-da rivojlanishi yo‘lida xizmat qilishiga ishonamiz.