Mehriddin Isomiddinovich va Nilufar Hakimovnalar tomonidan farzandlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun teatr va kinoteatrga, istirohat bog‘i va kutubxonalarga sayohatlar tashkillashtirilib, ularni sport, turli to‘garaklar bilan mashg’ul boʻlishlari nazorat qilinmoqda.
Har kuni kechki ovqat paytida barcha oila a’zolari o'qigan kitoblari, tomosha qilgan filmlarini muhokama qiladilar, shuningdek, keyingi kunlar uchun bo'sh vaqtlarini rejalashtirishadi, turli tanlovlar va boshqa tadbirlarni o'ylab topishadi.
Mattievlarning asosiy maqsadi- farzandlarini o‘z bilimini oshirish yo‘lida tinimsiz mehnat qiladigan, mamlakat va jahonda sodir bo‘layotgan voqealarga befarq boʻlmaydigan barkamol shaxs etib tarbiyalash va, albatta, har biridagi iqtidor va qobiliyatni yuzaga chiqarishdan iborat.