Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida yashovchi va “Mehr daftari” elektron platformasida ro‘yxatda turuvchi 10 nafar bolaga noutbuk, kompyuter to‘plamlari, smartfon va velosiped topshirildi. Bolalarga aynan mana shu narsalar zarur edi, ular yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarning istak va ehtiyojlarini o‘rganuvchi ishchi guruhlarga bu istaklari haqida aytishgan edi. Bugungi kunda bu bolalarni mehr va muhabbat bilan ota-onalari tarbiyalashmoqda, vasiylik yoki homiylik ostida voyaga yetmoqda, biroq davlat ularga barcha masʼuliyatni ota-onalar zimmasiga yuklamasdan, bolalarga g‘amxo‘rlik qilishda davom etmoqda.