Farg‘ona viloyati Furqat tumanida yashovchi Komilovlar oilasida Mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida “Mehribon qalb” nomli Oilaviy bolalar uyi o‘z faoliyatini boshladi. Qo‘qon shahrida joylashgan 12-sonli Mehribonlik uyi tarbiyachisi tajribali pedagog Hurriyat Komilova besh nafar o‘g‘il-qizlarni o‘z tarbiyasiga olib viloyatda ikkinchi Oilaviy bolalar uyi faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanidagi Valiyevlar oilasi 6 nafar o‘g‘il-qizlarni o‘z bag‘riga olib Oilaviy bolalar uyi faoliyatini boshlab berishgan edi.