Mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiya qo‘mondonligi tomonidan “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida ilk marotaba sportning “ Funksional kurash” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Tadbir avvalida, musobaqaning yuqori saviyada o‘tkazilishi, xavfsizlik va karantin qoidalariga rioya etilishi masʼul xodimlar tomonidan nazoratga olindi.
Yoshlar o‘rtasida harbiy vatanparvarlik tuyg‘ularini oshirish hamda sportni ommalashtirish va targ‘ib qilish maqsadida tashkil qilingan mazkur bellashuv 2 bosqichda bo‘lib, unda 3 ta jamoa ishtirok etdi.
Estafeta hamda kuch va chidamlilik mashqlari sharti bo‘yicha jamoalar o‘zaro kuch sinashib, o‘z chaqqonliklarini namoyish etishdi. Qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘lgan musobaqa,tarbiyalanuvchilarning bir maqsad yo‘lida birlashib, harakat qilishiga va o‘zaro do‘stlik aloqalarini yana-da mustahkamlashiga zamin yaratdi.
Musobaqa yakunida g‘oliblarga tashkilotchilar tomonidan kubok, medal, diplom va qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi