Mehribonlik uyi hamda bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirish, ularni zamonaviy innovatsion texnologiyalar borasida o‘qitish, kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida, bugun, 06 sentyabr kunidan Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi hamda uning hududiy boshqarmalarida tashkil etilgan "Qo‘riqlash servis" DUK o‘quv sinflarida, amaliy hamda nazariy o‘quv mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur mashg‘ulotlarga dastlab, 140 nafar tarbiyalanuvchilar jalb etildi va malakali mutaxassislar tomonidan mashg‘ulotlar olib borilmoqda.
Belgilangan reja asosida, darslar "Shaxsiy kompyuterlarni yig‘ish, taʼmirlash va takomillashtirish" hamda "Videokuzatuv vositalarini o‘rnatish va turli qo‘riqlash signalizatsiya jihozlarining xususiyatlari" kabi mavzularda o‘tkazilmoqda.
Dastlabki, mashg‘ulotlarda yoshlar Qo‘riqlash bo‘linmalarida yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirilib, qo‘riqlash xizmatining afzalliklari borasida tegishli tushunchalar berildi.