Namangan shahar Davlatobod tumani Yangi O‘zbekiston bog‘ida o‘quvchi yoshlar va uyushmagan yoshlar uchun "Men Vatanga tayanchman" shiori ostida harbiy vatanparvarlik festivali o‘tkazildi. Mazkur tadbir yoshlarning Vatanga bo‘lgan sadoqatini oshirish, harbiy vatanparvarlik ruhini yuksaltirish va yoshlarning harakatchanligiga hissa qo‘shish maqsadida tashkil etildi.
Festival davomida yoshlar uchun Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari va Namangan viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan ko‘rgazmali chiqishlari, qurol-aslaxa hamda harbiy texnikalar namoyish etildi.
Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilari kamondan otish sport turi bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar.