O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilarining farzandlari o’rtasida “Mening armiyam - mening faxrim!” mavzusida eng yaxshi rasmlar koʻrik-tanlovi o’tkazildi. G‘oliblarga diplom va kitob jamlanmalari topshirildi.