Qorovulbozor tumani hokimligi Bolalarni himoya qilish sho‘basi hamda Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning orzu istaklari, muammolari, yashash uylari o‘rganilib, natijada bolalarning istaklari inobatga olingan holda, ularga zarur jihozlar yetkazilmoqda.
Bugun, Qorovulbozor tuman hokimligi, viloyat hokimligi Bolalarni himoya qilish kotibiyati hamda Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi rahbariyati tomonidan "Mehr daftari"ga kiritilgan 6 nafar qorovulbozorlik yoshlarga uy jihozlari jamlanmasi topshirildi.
- "Yurtboshimiz tomonidan biz kabi yoshlarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikni yurak-yuragimdan his qildim. Chunki, bugun "Mehr daftari" sababli men va men qatori bir nechta yoshlar orzularimizga erishdik. Bu uchun barchaga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz" – deydi navbahorlik Asal Ro‘zimova.