“Yosh gvardiyachi” harbiy-sport musobaqasining Jizzax viloyat bosqichi o‘tkazildi. / / Oilaviy bolalar uyi faoliyati o‘rganildi. / / Milliy gvardiya Andijon viloyati bo’yicha boshqarmasi mas'ullari tomonidan Asaka tumanida joylashgan Oilaviy uylar farzandlari holidan xabar olindi. / / Oʻquvchi qizlar oʻrtasida "Men vatanparvarman" koʻrik tanlovi oʻtkazildi. / / "Yosh gvardiyachi" harbiy-sport musobaqasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi ham bosqichi ham yakunlandi. / / “Yosh gvardiyachi” harbiy-sport musobaqasining Toshkent viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi. “Qalqon” jamoatchilik guruhi aʼzolari o‘rtasida “Sog‘lom hayot - baxtli kelajak garovi!”  shiori ostidagi  harbiy vatanparvarlik sport musobaqalari o‘tkazildi / / Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Toshkent shahridagi 22 va 30-sonli Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari hasharda faol ishtirok etishdi / / Mo‘ynoq tumanidagi 4-sonli maktabning 10-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Ona Vatanni himoya qilish muqaddas burch" shiori ostida harbiy sport musobaqasi o‘tkazildi / / Milliy gvardiya hamda Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan poytaxt maktablarida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi / /  Poytaxt maktablarida o‘quvchilar bilan bir qator tadbirlar o‘tkazildi / / Axborot 24 | Harbiy-vatanparvarlik tadbirlari / / O‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida nazorat tadbirlari o‘tkazildi / / Chirchiq shahri kamondan otish sporti boʻyicha Oʻzbekiston chempionatiga mezbonlik qilmoqda  / / Buxoro shahridagi 35-umumtaʼlim maktabida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ota-onalar ishtirokida ochiq muloqot tadbiri tashkil etildi. Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Farhod Boqiyev va Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari Sarvar Mamayusupov ishtirok etdi / / Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Chirchiq harbiy prokuraturasi hamkorligida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi / / “Oila-mahalla-maktab” tizimi amalda  / / “Xavfsiz maktab” konsepsiyasini joriy etishga eʼtibor qaratilmoqda / / “Maktab-oila-mahalla” zanjirini mustahkamlash borasidagi ishlar / / Maxsus reportaj : Voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi yanada takomillashtirilmoqda / / Oilaviy bolalar uylari faoliyati, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ichki kechinmalari bilan tanishishingiz mumkin / / Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi nishonlandi / / Termiz tumanidagi 16-sonli maktabda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi / / «Turon yo‘lbarslari» harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasi / / O‘quvchi yoshlar o‘rtasida “Xalq bilan armiya - bir tanu, bir jon” shiori ostida harbiy vatanparvarlik sport musobaqasi o‘tkazildi / / Milliy gvardiya xodimlari hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorlikda Jizzax va Sirdaryo shahridagi Oilaviy uylar faoliyati ko‘zdan kechirildi / / Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazildi / / Farg‘ona shahridagi 11-sonli umumtaʼlim maktabida "Navoiyxonlik kechasi" bo‘lib o‘tdi / / Harbiy qismda "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi inspektor-psixologlari hamda prokuratura masʼullari hamkorligida Sariosiyo tumanidagi 2-sonli umumtaʼlim maktabida “Mening maktabimda jinoyat bo‘lmaydi!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi / / Jizzax shahridagi 31-sonli maktabda "Men vatanparvarman" shiori ostida tadbir o‘tkazildi / / “Farzandim jigarbandim” ko’rsatuvining 107-soni 58-sonli umumta’lim maktabidan tayyorlandi / / Inspektor-psixologlar uchun o‘quv seminari / / Milliy gvardiya Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasida maktab oʻquvchi yoshlari va harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun vatanparvarlik tadbiri tashkillashtirildi / / Maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlari oʻtkazildi / / Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan Fargʻona shahridagi 1-sonli alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar maktabida kamondan otish boʻyicha maxsus mahorat darslari tashkil etildi / / Yoshlar uchun vatanparvarlik tadbirlari oʻtkazilmoqda / / "Vatan tayanchi" sardorlari uchun oʻquv-seminari tashkil etildi / / Maktablarda giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda / / Harbiy qismda "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri hamda "Uch avlod uchrashuvi" oʻtkazildi 

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan “Huquq bilimdoni” Ombudsman viktorinasi gʻoliblari aniqlandi

10.6.2025 44

2025 yil 9 iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan “Huquq bilimdoni” Ombudsman viktorinasining yakuniy II bosqichi o‘tkazildi.

Insonning huquq va erkinliklarini amalga oshirishda imkoniyatlar tengligini taʼminlash yetim bolalar hamda ota-onasining vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlanishining asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.

Ayniqsa, Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchi bolalari o‘rtasida huquqiy xabardorlikni oshirish, ularni qonunga hurmat ruhida tarbiyalash hamda ularning daxldorlik tuyg‘usini oshirish muhim ahamiyatga ega.

Jamiyatda Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari taʼlimiga bo‘lgan eʼtiborni kuchaytirish, ularning huquq sohasiga bo‘lgan qiziqishini hamda bilimlarini oshirishga qaratilgan mazkur loyiha “1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan joriy yilning may oyida start olgan edi.

2 bosqichdan iborat ushbu Viktorinada Toshkent shahrida joylashgan Mehribonlik uylarining 100 nafarga yaqin tarbiyalanuvchilari qamrab olingan. Xususan, shahrimizdagi 22 va 30-sonli Mehribonlik uylarining o‘zbek va rus tillarida taʼlim oluvchi yuqori sinf o‘quvchilari viktorinaning 1-bosqichida ishtirok etishgan.

Ombudsman viktorinasining yakuniy bosqichida testlardan eng yuqori ball to‘plagan 10 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.

Ishtirokchilar belgilangan vaqt ichida berilgan nazariy va hayotiy voqealardan kelib chiqib tuzilgan amaliy savollarga javob berishdi.

Dastlab Viktorinaning final bosqichiga yetib kelgan 6 nafar ishtirokchilarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shundan so‘ng hakamlar hayʼati aʼzolari tomonidan berilgan ballar asosida aniqlangan g‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Maʼlumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq, davlat va jamiyat yetim bolalarni hamda ota-onasining vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqish, tarbiyalash, ularning taʼlim olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi, shuningdek, bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratadi.