Yangi yilning ilk kunlarida Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas'ullari tomonidan mehrga muhtoj bo‘lgan qalblar dardiga malham bo‘layotgan, farzandlarning ota-onalik bo‘lishdek ulkan baxtga erishtirgan, o‘z uyini mehr manziliga aylantirgan ota-onalarga Milliy gvardiya qo‘mondonining bayram tabrigi o‘qib eshittirilib, bolajonlarga sovg‘alar ulashildi.
O‘z o‘rnida, ota-onalar ham tabrik so‘zlarini tinglar ekan, xursandchilik ko‘z yoshlari bilan amalga oshirilayotgan ezgu sayi-harakatlar uchun minnatdorchilik bildirishdi.