Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari Oilaviy bolalar uyiga tashrif buyurdi. Tadbir davomida oiladagi vaziyatlar, bolalar va ota-onalar o‘rtasidagi munosabatlar hamda bolalarning bilim olish darajalari o‘rganildi.
Shu bilan bir qatorda, oila davrasida va yakka tartibda suhbatlar o‘tkazilib, ota-onalarga farzandlarni mustaqil hayotga tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.