“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati, Kasaba uyushmasi tashkiloti, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi vakillari Toshkent viloyatidagi 14-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari holidan xabar oldi.
Tashrif davomida muqaddas Ramazon Hayiti munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Oʻgʻil-qizlar ham o‘z navbatida, ustozlari bilan birgalikda tayyorlagan konsert dasturi bilan mehmonlarni xushnud etishdi. Shu bilan bir qatorda, bolajonlarga bayram sovg‘alari topshirildi. Tadbir bayramona dasturxon va esdalik uchun suratga tushish bilan yakunlandi.