Mustaqillik oliy neʼmat, uni asrab avaylash barchaning burchidir.
Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasasi tarbiyalanuvchilari uchun Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlab barpo etilgan "G‘alaba bog‘i" memorial majmuasiga sayohat tashkil etildi. Sayohatchilar urushning dahshatli qiyofasi, harbiy texnikalar maydonchalari, temir yo‘l vokzali, motam va g‘alaba hududlari, “Shon-sharaf” davlat muzeyi va shukronalik hududi bo‘limlarini ko‘zdan kechirishar ekan, bugungi tinchlik-osoyishtalik, farovon hayot qanchalik bebaho neʼmat ekanligini, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash muqaddas burch ekanligini yana bir bor anglab yetishdi. Xulosa qilib aytganda o‘zbek xalqining Ikkinchi jahon urushi yillaridagi tarixini, ona xalqimizning qahramonligini yaxlit aks ettirgan ushbu majmua bolalarda katta taassurot qoldirdi.