Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo`yicha boshqarmasi mutaxassis-psixologlari yozgi ta’tilda ham Oilaviy bolalar uylariga tashrif buyurishni kanda qilgani yo`q. Xususan, Go‘zal Sultonova bolalarga psixologik tayyorgarlikdan tashqari issiq kunlarda suzish paytidagi xavfsizlik qoidalari haqida so`zlab berdi va nima sababdan suzish taqiqlangan joylarda ayrim harakatlarni qilmaslik kerakligi tushuntirdi. Shuningdek, suhbat davomida mehmonlar va bolalar yozgi rejalar hamda foydali va qiziqarli bo`lgan o'yinlar haqida gaplashishdi. Bolajonlar ham o`z navbatida, o'qishi va kitoblar haqida fikrlarini bildirib, har bir kundan olayotgan taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.