Joriy yilning 2 dekabr kuni 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi qo‘mondonligi tashabbusi bilan “Impuls” xarbiy arkestiri ishtirokida 8 dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tashkil topganligining 29 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir hamda konsert dasturi o‘tkazildi. Tadbirda xarbiy qo‘shiqchilar tomonidan vatanparvarlik qo‘shiqlari ijro etilib, bolajonlarning ko‘ngillarini xushnud qilishdi.