Bugun A. Xlebushkina nomidagi 22- sonli “Mehribonlik” uyiga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Alohida namunaviy orkestri tashrif buyurdi. Xodimlar tarbiyalanuvchilarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan muborakbod etib, sovg‘a-salomlar ulashdi, ulardan biri esa ajoyib konsert dasturi bo‘ldi. Bolajonlar Vatanni madh etuvchi, fuqarolar huquqlarini himoya qilish yo‘lidagi xizmat, mardonavor kurashgan qahramonlar haqida kuy va qo‘shiqlar tinglashdi. Shuningdek, orkestr jamoasi bolalarning sevimli filmlaridan qo‘shiqlar va zamonaviy estrada yo‘nalishidagi xitlaridan popurilarni ijro etishdi.