Mamlakatimizda yozgi taʼtil kunlarida bolajonlarning bo‘sh vaqtlarini maroqli va mazmunli tashkil etish borasida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilib,ayniqsa viloyatdagi yozgi oromgohlarga joylardagi Oilaviy bolalar uylarida voyaga yetayotgan yoshlarni jalb etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Xususan, Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi tashabbusi bilan Denov tumanida istiqomat qiluvchi Ozoda Jo‘rayeva xonadonida ulg‘ayayotgan 4 nafar bolajonlar Oltinsoy tumanidagi “Vaxshivor” oromgohiga, shuningdek, Termiz shahrida yashovchi Barno Amanova xonadonidagi 5 nafar o‘g‘il-qiz hamda 4 nafar vasiylik asosida oilaga berilgan bolajonlar Sherobod tumanida joylashgan “Neftchi” bolalar yozgi oromgohiga tashrif buyurdilar. Oromgohlarda yoshlar uchun turli maʼnaviy-madaniy tadbirlar, sport musobaqalari tashkil etilib, ularning maroqli dam olishlari taʼminlanmoqda.