Kuni kecha Toshkent viloyatida mazkur qaror yuzasidan Milliy gvardiya qo‘mondonligi,Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Toshkent viloyati IIBB, viloyat hokimligi va uning tuman bo‘g‘inlari hamda bolalarni himoya qilish sohalari vakillari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari, polkovnik S.Mamayusupov va Mehribonlik uyi bolalar muassasalari bilan ishlash bo‘yicha boshqarma boshlig‘i polkovnik, Alisher Pirmatov qabul qilingan hujjatning mohiyatini ochib beruvchi maʼruzalari bilan boshlab berishdi. Maʼruzachilarning taʼkidlashicha, mazkur hujjatda yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish va Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini oilalarga topshirish bo‘yicha Milliy gvardiya amaliy faoliyatining yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan tahlil natijalari aks ettirilgan.
Seminar ishtirokchilari Prezident qarorida ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish tartibi bilan bog‘liq savollariga batafsil javob oldilar.