Joriy yilning 12-noyabr kuni Milliy gvardiya inspektor-psixologi Chortoq tumanidagi 2-sonli kasb-hunar ta’limi muassasasiga voyaga yetmagan 1-kurs talabasi avtomashinada kelganini ko’rgan. Tabiiyki, yosh "haydovchi"da haydash huquqini beruvchi hech qanday hujjatlar bo’lmagan. Avtomashinaning salon qismida yo‘lovchi sifatida uch nafar o‘ninchi sinf o‘quvchilari ham bo’lgan. Milliy gvardiya inspektor-psixologi voqea joyiga yo‘l harakati xavfsizligi xodimlarini chaqirgan. Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati IIB YHXB tomonidan avtomashina egasi, kasb-hunar kolleji o‘quvchisining akasiga nisbatan bayonnoma tuzilib, avtomashina vaqtinchalik saqlash joyiga qo‘yildi. Milliy gvardiya inspektor-psixologi o‘smirlar va ularning ota-onalari bilan profilaktik suhbat o’tkazdi.