Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida ta'lim muassasalarida amalga oshirilayotgan kuz-qish mavsumiga hozirlik, voyaga yetmaganlar o'rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi / / “Men ham harbiy bo‘laman” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi / / "Milliy gvardiya xodimlari doimo siz bilan!" / / Toshkent shahridagi 22 va 30-sonli “Mehribonlik” uylari, respublika bo‘ylab oilaviy bolalar uylari farzandlari yangi o‘quv yilining birinchi kunidagi fotosuratlar bilan bo‘lishishdi / / Qonunchilikka ko‘ra, transport vositalari tezligini maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari atrofidagi yo‘llarda 300 metrgacha bo‘lgan masofada 30 kilometrdan / / Respublikamiz bo‘ylab umumtaʼlim maktablarida – “Bilimlar kuni” munosabati bilan birinchi qo‘ng‘iroq sadolari yangradi / /Yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan respublikamiz bo‘ylab bugun ertalabdan barcha umumtaʼlim maktablarida tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Unda Milliy gvardiya va boshqa sohaviy xizmat xodimlari tomonidan maktablar va ularning atrofida xavfsizlikni taʼminlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar tashkillashtirildi / / Sirdaryo viloyatida tutingan ota-onalarni malakasini oshirish kurslari yakunlandi / / "Bir bo'lsak-yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz" shiori ostida tadbirlar / / Tutingan ota-onalarni tayyorlash yuzasidan o‘quv kurslari davomida ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashga o‘z istagini bildirgan fuqarolar bilan psixologik trening mashg‘ulotlari ham o‘tkazildi / / 22 va 30-sonli “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari Vatanimiz Mustaqilligining 33 yillik shodiyonasi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston” istirohat bog‘iga olib borildi. O‘g‘il-qizlarning qalbida baxt, shodlik, Vatan uchun g‘urur tuyg‘ulari mangu saqlanib qoladi / /  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Jamoat xavfsizligi universitetini borib ko‘rdi / / Milliy gvardiya masʼullari oilaviy uylardagi vaziyatni o‘rganishda davom etib, yangi o‘quv yiliga tayyorligini tekshirishmoqda / / Ijtimoiy himoya milliy agentligi: “Farzand asrab oluvchi ota-onalar maktabi” seminar-treningiga start berildi // Respublikamiz bo‘ylab “Harbiy-vatanparvarlik” va "Yosh gardiyachilar" sinflari mavjud bo‘lgan umumiy o‘rta taʼlim maktablarining chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari bilan o‘quv yig‘iniga start berildi // Surxondaryo viloyatida yoshlar uchun Ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi // O‘zbekistonda 2 ta “Mehribonlik” uyida 255 nafar bola tarbiyalanmoqda // Milliy gvardiya vakillari maktabga tayyorgarlik ishlari va bolalarning yashash sharoitini o‘rganish uchun oilaviy uylarga tashrif buyurmoqda // 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari Gulbahor bolalar yozgi dam olish oromgohida yozgi ta’tilni maroqli o’tkazishmoqda / / Oʻquvchilar oʻrtasida rasmlar koʻrik tanlovi / / Oromgohlarda vatanparvarlik, koʻngilochar hamda sport tadbirlari davom etmoqda / / 22-sonli Mehribonlik uyi bolalari dam olayotgan “Mehribon” nomli yozgi oromgohida Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan “Bir boʻlsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” shiori ostida ko‘ngilochar konsert dasturi o‘tkazildi / / Milliy gvardiya qoʻmondoni R.Djurayev 30-son “Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchilari taʼtilni maroqli oʻtkazayotgan Boʻstonliq tumanidagi “Nur” bolalar oromgohida boʻlib, “Bolalar psixologiyasi” markazi tomonidan tashkil etilgan tadbirda ishtirok etdi / / 22-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari futbol bo‘yicha mehribonlik uylari o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishadi // Oromgohlarda dam olayotgan o‘g‘il-qizlarning yozgi taʼtil vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Milliy gvardiya tomonidan vatanparvarlik va ko‘ngilochar tadbirlar hamda sport musobaqalari o‘tkazilib kelinmoqda 

NAMANGAN VILOYATIDA HAM MEHRIBONLIK UYI ESHIKLARI YOPILDI

13.10.2021 1501

Mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan, ota-ona qaramog‘idan mahrum va yetim bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish borasida joriy qilingan yangi tizim va unda belgilab berilgan aniq va maqsadli vazifalar mehridaryo xalqimiz qalbidan joy olib ulgurdi.
Bugungi kunga kelib respublikamiz bo‘ylab Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini o‘z qaramog‘iga olayotgan oilalar soni ko‘payib borayotgani natijasida Navoiy hamda Namangan viloyatlaridagi mehribonlik uylarida bironta qalbi o‘ksik bolajon qolmasdan ushbu muassasalar eshiklari butkul yopilganligi fikrimiz dalilidir.
Oilaviy bolalar uylari faoliyatini yo‘lga qo‘yishdek ezgu ishga qo‘l urayotgan zamonamiz qahramonlari bilan suhbatlashganda “Mehribonlik uylarida hech kim qolmasligi kerak, shundagina ulug‘ ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz ruhlari shod bo‘lib, bizdan rozi bo‘ladilar” deya bildirgan fikrlarini eshitib, oliyjanob xalqimiz borligidan va shu yurtda tug‘ilib o‘sayotganimizdan beixtiyor qalbimizda faxr-iftixor tuyg‘usi jo‘sh uradi.
Xususan, Namangan viloyat hokimligi, Xalq taʼlimi va Milliy gvardiya ko‘magida 26-sonli Mehribonlik uyida yashab kelgan 41 nafar murg‘ak qalb egalari bo‘lmish tarbiyalanuvchilardan 26 nafari o‘z oilasiga va yaqin qarindoshlariga 15 nafari esa oila sharoitidagi muhitda yashashdek baxtga va ota-ona mehriga ega bo‘ldilar.
Kuni kecha ushbu Mehribonlik uyidan 5 nafar so‘ngi tarbiyalanuvchilarni o‘z bag‘riga olgan Ismonboyevlar oilasi Namangan viloyatida Mehribonlik uyi eshiklari yopilib faoliyati butkul tugallanishiga hamda “Mehribonlik uyi” degan qalblarni og‘rituvchi yozuvlarning olib tashlanishiga munosib hissa qo‘shgan holda zamonamiz qahramonlariga aylanishdi.
Eslatib o‘tamiz ilk bor respublikamiz bo‘ylab Navoiy viloyatida Mehribonlik uylari eshiklari yopilib, viloyatda mavjud Mehribonlik uylari va Bolalar shaharchalarida yashab kelgan 96 nafar qalbi o‘ksik, tarbiyalanuvchilardan 53 nafari oilaviy bolalar uylariga, 11 nafar o‘g‘il-qizlar o‘z oilasiga va yaqin qarindoshlari bag‘riga, shuningdek 32 nafari taʼlim muassasalariga o‘qishga kirib mustaqil hayotni boshlaganliklari munosabati bilan ushbu muassasa o‘z faoliyatini tugallagan edi.