Oldin xabar berganimizdek, Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida, joriy yilning 12-15 may kunlari bo‘lib o‘tgan XXII Xalqaro futbol turnirida Toshkent shahridagi 21,22-sonli hamda Chirchiq shahridagi 14-sonli Mehribonlik uyi tarbilanuvchilaridan iborat “O‘zbekiston” terma jamoasi aʼzolari munosib ishtirok etib, musobaqaning mutlaq g‘olibi bo‘lishdi.
Mazkur musobaqada “O‘zbekiston” terma jamoasi “Shatalov” jamoasi ustidan 4-1 xisobida g‘alaba qozonib, final bosqichiga yo‘l oldi va ushbu bosqichda “KURSK” terma jamoasini 5-4 xisobida mag‘lub etib, faxrli 1-o‘rinni egallashdi.
Yosh sportchilarimiz Begmatov Shoxrux, Dmitriyev Arslan, Pardayev Kamronbek, Fok Sarvarbek, Kononenko Aleksandr, Kleventov Rim, Azamov Javoxir, Xoldorov Muxammadsodiq va Danayev Diyor hamda murabbiy Mannopov Abdulazizlarni ushbu g‘alaba bilan, Milliy gvardiya qo‘mondonligi va barcha shaxsiy tarkibi nomidan samimiy muborakbod etamiz!