Hozirgi zamon yoshlari kompyuterni boshqarishni yaxshi biladi: internetdan qanday foydalanish kerak, fotoshop dasurida amallar bajarish va videoni tahrir qilish shular jumlasidan. Ammo bolajonlar hamma dasturlarni ham o’zlashtirmagan. Shu bois Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo’yicha boshqarmasi vakillari kompyuter kurslarini tashkil etishga qaror qildi. Mashg’ulot davomida bolalar Word va Excel kabi dasturlar bilan ishlashni o'rganmoqda. O’g’il-qizlar yangi bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirayotganligidan mamnunlar.